BROSMED KLINIKASI HAQIDA. 
BROSMED ko’p tarmoqli xususiy shifoxonasi Qarshi shahrida joylashgan bo’lib, 2020 yilning Yanvar oyida o'z ish faoliyatini boshlagan. Shu qisqa vaqt davomida o'z brendiga ega bo'lgan "Brosmed" ko'p tarmoqli klinikasi o'rta hisobda bir yil davomida 4500 dan oshiq bemorlarni turli jarroxlik usullarida hamda 50000 dan ortiq bemorlarni esa ambulator-statsionar usulda davolaab kelmoqda. 

Klinikamizdagi 19 bo‘limda 27 nafar shifokor kuniga 200 nafardan ortiq bemorlarga xizmat ko‘rsatadi. Zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan jarrohlik bo‘limda bir vaqtning o‘zida 3 ta operasiyani amalga oshirish mumkin. Klinikamiz 70 turdagi operasiyalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bulib, kuniga urtacha 15-20 ta operasiya amalga oshirilmokda. Klinika binolarida kasalxona va poliklinika bo’limlari mavjud. Kasalxonada 10 nafar bemorga mo’ljallangan jonlantirish xonasi, shifokorlar uchun xordiq chiqarish xonalari va 100 bemorga mo’ljallangan yotoqxonalardan iborat.
Barcha yotoqxonalarda ortopedik yotoqlar, televizor, kondetsioner, muzlatgich, tumbochkalar, stullar, lyuks xonalarimizda vanna, hojatxona, stol va kreslolar bilan jixozlangan.
Yotoqlar narxi bir kun uchun 125000 so’mdan 340000 so’mgacha.

Poliklinikamizda 200 dan ortiq tekshiruvlar o’tkazish quvvatiga ega bo’lgan laboratoriya, fizioterapiya bo’limi, massaj , CO2 lazer terapiya va dermatologiya xonasi, mammograf va rentgen xonalari, UZI xonasi, endoskopik tekshiruv ( kolonoskopiya, EFGDS – oshqozonni zond bilan ko’rish) xonalari, EKG, EEG, Kolposkopiya xonalari mavjud.

♻️BROSMED TIBBIY BO'LIMLARI:
✔Mammologiya
✔Ginekologiya
✔Onkologiya
✔Endokrinologiya
✔Kardiologiya
✔Nevrologiya
✔Pediatriya
✔Terapiya
✔Radiologiya
✔Otorinoloringologiya
✔Urologiya
✔Gastroenterologiya
✔Travmatologiya
✔Ortopediya
✔Yiringli xirurgiya
✔Gistologiya
✔Xirurgiya
 
✔Dermatologiya
 

Klinikamizing ahamiyatli jixatlaridan yana biri bu uning ayollar ko’krak va ko’payish organlari kasalliklariga ixtisoslashganidir! 

NEGA MIJOZLAR AYNAN BIZNI TANLASHADI?
Inson salomatligi - baxtli va farovon hayot negizidir! Salomatlikka yetaklaydigan eng qisqa yo'l esa - bu qulay sharoitga ega, yuqori talablarga javob beradigan klinikada davolanishdir. "BROSMED" ko'p tarmoqli klinikasi barcha tibbiyot standartlariga to'liq javob beradi. Yuqori aniqlikda ishlaydigan uskunalarimiz va ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan malakali shifokorlarimiz esa sizga aniq tashxis qo'yish va samarali davolashni amalga oshirib, dardingizga davo topishda yordam berishadi.
Bizning klinikamizda tibbiy xizmatlarning barcha turlaridan, eng qulay narxlarda, hech qanaqa ortiqcha harjatlarsiz foydalanishingiz mumkin. Klinikamizda standart diagnostika va davolash asboblari mavjudligi bilan bir qatorda, mijozlarga zamonaviy noyob uskunalar yordamida tibbiy xizmatlar ko'rsatiladi. Ushbu qurilmalardan biri - terida paydo bo'lgan papilloma, kondidoma va boshqa o'smalarni olib tashlashda qo'llaniladigan CO2 Fraksiyon Lazeridir. Bu apparat ginekologiya, kosmetologiya, proktologiya va dermatologiyada ham samarali qo'llaniladi. Bundan tashqari, bizning klinikamizda "LAPAROSKOPIYA" va "MAMMOGRAFIYA" protseduralari Germaniya va Janubiy Koreadan keltirilgan zamonaviy asboblar yordamida amalga oshiriladi.
Klinikada malakali shifokorlar, ilg'or texnologiyalar, arzon narxlar va professional yondashuv jamlangan holda xizmat ko'rsatiladi. Markazimizda faoliyat yurituvchi xushmuomala, oqko'ngil, o'z ishini sevadigan hamshiralarimiz va sanitariya xodimlarimiz xizmatidan mamnun bo'lingiz shubhasiz. Bundan tashqari, oshxonamizning ajoyib oshpazlari sizni o'zlarining pazandalik mahorati bilan doimo quvontirishga tayyor. Bularning barchasi bemor salomatligiga ta'sir etuvchi muhim omillar sanaladi, vaholangki reabilitatsiya davri davomida bemorni o'rab turgan muhit, uning qanchalik tez davo topishi va to'liq sog'ayib ketishiga bevosita bog'liqdir.

Oilaviy shifokor ko'rigi, turli xil chegirmalar va doimiy mijozlar uchun dasturlarimiz sizning klinikada o'tkazgan vaqtingizni qulay va yengil qiladi. Siz istalgan vaqtda ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan mutaxassislarimiz tomonidan zamonaviy va yuqori aniqlikda ishlovchi uskunalar yordamida ko'rsatiladigan tibbiy xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.
"Brosmed" zamon bilan hamnafas tibbiyot maskani.