BROSMED

Mohir qo'llar- tanani
Shirin so'zlar- qalbni davolaydi

Shifokorlar


XIZMATLAR


biz xaqimizda






BROSMED KLINIKASI HAQIDA. 
BROSMED ko’p tarmoqli xususiy shifoxonasi Qarshi shahrida joylashgan bo’lib, 2020 yilning Yanvar oyida ish faoliyatini boshlagan. Shu qisqa vaqt davomida shifoxona ikki mingga yaqin bemorga xizmat ko’rsatdi, ularning olti yuzdan ortig’i statsionar ravishda davolandi. Uch yuzdan ortiq umimiy, onkologik, endoskopik (HD video kamera yordamida) va CO2 fraksion lazer jarrohliklari amalga oshirildi.
Klinika binolarida kasalxona va poliklinika bo’limlari mavjud. Kasalxonada ikki bemorni bir vaqtda operatsya qilishga mo’ljallangan operatsiya xonasi, besh bemorga mo’ljallangan jonlantirish xonasi, shifokorlar uchun xordiq chiqarish xonalari va ellik to'rt bemorga mo’ljallangan yotoqxonalardan iborat.
Barcha yotoqxonalarda ortopedik yotoqlar, televizor, kondetsioner, muzlatgich, tumbochkalar, stullar, lyuks xonalarimizda vanna, hojatxona, stol va kreslolar bilan jixozlangan.
Yotoqlar narxi bir kun uchun 100000 so’mdan 230000 so’mgacha.

Poliklinikamizda ikki yuzdan ortiq tekshiruvlar o’tkazish quvvatiga ega bo’lgan laboratoriya, fizioterapiya bo’limi, massaj , CO2 lazer terapiya va dermatologiya xonasi, mammograf va rentgen xonalari, UZI xonasi, endoskopik tekshiruv ( kolonoskopiya, EFGDS – oshqozonni zond bilan ko’rish) xonalari, EKG xonasi mavjud.
Klinikamiz meditsinaning o’n uch turidagi bemorlarni davolashga ixtisoslashgan, jumladan, Ginekologiya, Mammologiya, Onkologiya, Nevrologiya, Endokrinologiya Urologiya, Kardiologiya, LOR, Terapiya, Allergiya va Immunalogiya, Dermatologiya va Kosmetologiya.
Klinikamizing axamiyatli jixatlaridan yana biri bu uning ayollar ko’krak va ko’payish organlari kasalliklariga ixtisoslashganidir! 

NEGA MIJOZLAR AYNAN BIZNI TANLASHADI?
Inson salomatligi - baxtli va farovon hayot negizidir! Salomatlikka yetaklaydigan eng qisqa yo'l esa - bu qulay sharoitga ega, yuqori talablarga javob beradigan klinikada davolanishdir."BROSMED" ko'p tarmoqli klinikasi barcha meditsina standartlariga to'liq javob beradi. Yuqori aniqlikda ishlaydigan uskunalarimiz va ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan malakali shifokorlarimiz esa sizga aniq tashxis qo'yish va samarali davolashni amalga oshirishadi.
Bizning klinikamizda siz tibbiy xizmatlarning barcha turlaridan, eng qulay narxlarda, hech qanaqa ortiqcha harjatlarsiz foydalanishingiz mumkin. Klinikamizda standart diagnostika va davolash asboblari mavjudligi bilan bir qatorda, mijozlarga zamonaviy noyob uskunalar yordamida tibbiy xizmatlar ko'rsatiladi. Ushbu qurilmalardan biri - terida paydo bo'lgan papilloma, kondidoma va boshqa o'smalarni olib tashlashda qo'llaniladigan CO2 Fraksion Lazeridir. Bu apparat ginekologiya, kosmetologiya, proktologiya va dermatologiyada ham samarali qo'llaniladi. Bundan tashqari, bizning klinikamizda "LAPAROSKOPIYA" va "MAMMOGRAFIYA" protseduralari Germaniya va Janubiy Koreadan keltirilgan zamonaviy asboblar yordamida amalga oshiriladi.
Klinikada malakali shifokorlar, ilg'or texnologiyalar, arzon narxlar va professional yondashuv jamlangan holda xizmat ko'rsatiladi. Markazimizda faoliyat yurituvchi xushmuomala, oqko'ngil, o'z ishini sevadigan hamshiralarimiz va sanitariya xodimlarimiz xizmatidan mamnun bo'lingiz shubhasiz. Bundan tashqari, oshxonamizning ajoyib oshpazlari sizni o'zlarining pazandalik mahorati bilan doimo quvontirishga tayyor. Bularning barchasi bemor salomatligiga ta'sir etuvchi muhim omillar sanaladi, vaholangki reabilitatsiya davri davomida bemorni o'rab turgan muhit, uning qanchalik tez davo topishi va to'liq sog'ayib ketishiga bevosita bog'liqdir.

Oilaviy shifokor ko'rigi, turli xil chegirmalar va doimiy mijozlar uchun dasturlarimiz sizning klinikada o'tkazgan vaqtingizni qulay va yengil qiladi. Siz istalgan vaqtda ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan mutaxassislarimiz tomonidan zamonaviy va yuqori aniqlikda ishlovchi uskunalar yordamida ko'rsatiladigan tibbiy xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

Shifokor qabuliga yozilish


  • Nasaf Ko'chasi 31 uy , Qarshi Shahar, Uzbekistan